AQSh prezidenti Donald Tramp savdo kemalari, yuklari yoki tegishli mulkka yetkazilgan har qanday zarar muzlatilgan va AQSh nazorati ostidagi Eron aktivlari hisobidan qoplanishini ma’lum qildi.
Amerika yetakchisi tegishli bayonotni Truth Social ijtimoiy media platformasida e’lon qildi.
"Ushbu bayonot shu paytdan boshlab va keyingi xabarnomaga qadar kemalar, yuklar yoki ular bilan bog‘liq har qanday zarar Qo‘shma Shtatlar tomonidan ushlab turiladigan va nazorat qilinadigan Eron mablag‘lari hisobidan qoplanishi haqida ogohlantirishdir", dedi u.
Tramp shuningdek, bunday zarar "juda katta" bo‘lishi mumkinligini tan oldi.
AQSh va Isroil 28 fevral kuni Eronga qarshi operasiya boshladilar. Iyun oyida Vashington va Tehron Livanni ham o‘z ichiga olgan barcha jabhalarda harbiy harakatlarni darhol to‘xtatishga chaqiruvchi o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladilar. Biroq, 8 iyul kechasi Qo‘shma Shtatlar Tehronni Hormuz bo‘g‘ozi bo‘yicha erishilgan kelishuvlar shartlarini buzganlikda ayblab, Eronga qarshi keng ko‘lamli hujumlarni qayta boshladi.