AQSh prezidenti Donald Tramp Saudiya Arabistoni bilan tinch atom energetikasini rivojlantirish bo‘yicha kelishuv faqat qirollik Isroil bilan munosabatlarni normallashtirgan taqdirdagina amalga oshirilishini ma’lum qildi.
Uning ta’kidlashicha, mazkur kelishuv Saudiya Arabistonining «Ibrohim kelishuvlari»ga qo‘shilishi bilan bog‘liq bo‘ladi.
Trampning so‘zlariga ko‘ra, kelishuv uranni boyitishni nazarda tutmaydi va AQSh uranni boyitish amalga oshirilmaydigan fuqaroviy yadro ob’ektlarini qo‘llab-quvvatlaydi.
Kutilishicha, 30 yilga mo‘ljallangan kelishuv doirasida Amerika kompaniyalari Saudiya Arabistonining tinch atom dasturini rivojlantirishda ishtirok etadi.
Shu bilan birga, manbalarning bildirishicha, AQSh va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi qo‘shma tadqiqotlar natijalariga qarab, qirollik hududida uranni boyitish korxonasi qurilishiga ham ruxsat berilishi mumkin.
Kelishuv AQSh Kongressi muhokamasiga taqdim etilishi rejalashtirilgan. Hujjatda Xalqaro atom energiyasi agentligining kengaytirilgan monitoring va inspeksiya tartiblarini nazarda tutuvchi Qo‘shimcha protokoli nazarda tutilmagan.