Bugun 9 avgust, 2026 yil, yakshanba

КИР

Tramp Qizil dengizdagi kemalarga hujum tufayli Eron va husiylarga tahdid qildi

Tramp Qizil dengizdagi kemalarga hujum tufayli Eron va husiylarga tahdid qildi


AQSh prezidenti Donald Tramp Yaman husiylari Qizil dengizda Saudiya Arabistonining ikkita neft tankeriga zarba berganidan so‘ng Eron va uning ittifoqchisi husiylarga nisbatan “yirik harbiy jazo choralari” qo‘llashga va’da berdi.

Mazkur hujum Yaqin Sharqdagi urush ikkinchi muhim dengiz yo‘li, Bob al-Mandeb bo‘g‘oziga ham yoyilishiga olib keldi. Buning oqibatida Ho‘rmuz bo‘g‘ozidan tashqari yana bir dengiz yo‘lining to‘silib qolishi xavfi paydk bo‘ldi. Bular ortidan jahonda neft narxi urush davridagi eng keskin ko‘tarilishlardan birini boshdan kechirdi. Brent markali neft narxi 6 foizdan ko‘proqqa qimmatlab, may oyidan beri birinchi marta bir barreliga 100 dollardan oshib ketdi.

Yaman shimoli va g‘arbini nazorat qiluvchi husiylar Saudiya Arabistoniga nisbatan dengiz blokadasini joriy etganini e’lon qilib, ikkita neft tankeriga zarba berdi. Shundan so‘ng Tramp kelgusidagi har qanday hujumlar uchun javobgarlik Eron zimmasida bo‘lishini aytdi.

Saudiya Arabistoni Eronning Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi blokadasini aylanib o‘tish uchun har kuni millionlab barrel neftni quvurlar orqali Qizil dengizdagi portlariga yo‘naltirib kelayotgan edi.

"Agar ular buni yana takrorlasa, AQSh Eronni javobgar deb biladi. Chunki husiylar Eronning proksi kuchidir. Eron va, albatta, husiylarning o‘ziga nisbatan yirik harbiy jazo qo‘llanadi", — deb yozdi Tramp Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida.

Kiritildi: 22:00 24.07.2026. O'qildi: 819 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!