Bugun 9 avgust, 2026 yil, yakshanba

КИР

Tramp FIFA rahbaridan AQSh terma jamoasi o‘yinchisining diskvalifikasiyasini bekor qilishni so‘raganini tan oldi

Tramp FIFA rahbaridan AQSh terma jamoasi o‘yinchisining diskvalifikasiyasini bekor qilishni so‘raganini tan oldi


AQSh prezidentining so‘zlariga ko‘ra, u Janni Infantinodan shunchaki qizil kartochka bo‘yicha qarorni qayta ko‘rib chiqishlarini so‘ragan.

"Balogun — bizning eng yaxshi o‘yinchimiz. U qizil kartochka oldi. Men buning nima anglatishini bilmasdim, lekin keyin eshitdimki, bu keyingi o‘yinda ishtirok eta olmaslikni bildirarkan. Bu judayam adolasizlik. Qanday qilib uni hali o‘ynalmagan o‘yin uchun jazolash mumkin? Men FIFA'dan mazkur holatni qayta ko‘rib chiqishni so‘radim", — dedi Oq uy rahbari Oval kabinetda jurnalistlarga.

"Men bu epizodni ko‘rdim. Bu hatto qoida buzilishi ham emasdi. Bu katta tezlikda yugurib kelib, tasodifan bir-biriga urilib ketgan ikki yigit edi", — deya qo‘shimcha qildi AQSh prezidenti.

Donald Tramp AQSh jamoasining asosiy o‘yinchisi Folarin Balogunning diskvalifikasiyasini to‘xtatib turish haqidagi FIFA qarorini "haqiqatan ham ajoyib" deb atadi. Shuningdek, u o‘sha o‘yinni boshqargan hakam, braziliyalik Rafayel Klausning xolisligiga shubha bildirdi.

"Agar bu hakamning o‘tmishiga qaraydigan bo‘lsak, u biroz shubhali shaxs. Men bunday deyishni xohlamayman, chunki janjal ko‘tarishni yoqtirmayman, lekin u rostdan ham shubha uyg‘otadi", — dedi Tramp.

Avvalroq FIFA Balogunning Jahon chempionatining 1/16 finalida Bosniya va Gersegovinaga qarshi o‘yinda olgan qizil kartochkasi sababli diskvalifikasiyasini to‘xtatib turishga qaror qilgan edi. Shu tariqa, u 7 iyul kuni Belgiyaga qarshi bo‘lib o‘tadigan 1/8 final o‘yinida ishtirok eta oladi.

UEFA, shuningdek, dunyoning bir qator futbolchi, murabbiy va futbol bo‘yicha ekspertlari FIFA ning bu qarorini qoralab chiqdi.

Kiritildi: 22:05 06.07.2026. O'qildi: 1252 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!