AQSh prezidenti Donald Tramp Eronni amerikalik askarlarning o‘ldirilishi uchun qattiq jazo bilan tahdid qildi.
Tramp bu haqda Truth Social ijtimoiy tarmoq sahifasida yozdi.
"Eron qurolli kuchlari har safar amerikalik askarni o‘ldirganida, ular ancha yuqori tovon to‘laydilar. Ushbu ko‘rsatma Harbiy kotib Pit Xegset, shtab boshliqlari qo‘shma qo‘mitasi raisi Daniel Keyn va har bir harbiy rahbarga yetkazilgan", deyiladi nashrda.