Bugun 9 avgust, 2026 yil, yakshanba

КИР

Tramp: "Eron Amerika nishonlariga qilingan hujumlar uchun uzr so‘radi"

Tramp: "Eron Amerika nishonlariga qilingan hujumlar uchun uzr so‘radi"

AQSh prezidenti Donald Tramp Eron Yaqin Sharqdagi Amerika nishonlariga qilingan hujumlar uchun uzr so‘raganini, ammo Vashington baribir javob qaytarish niyatida ekanligini aytdi.

Tramp bu haqda Oquyda jurnalistlarga bu masala bo‘yicha berilgan savolga javoban shunday dedi.

"Ular allaqachon uzr so‘rashgan. Lekin, bilasizmi, biz ularni biroz jazolashimiz kerak", deb ta’kidladi Amerika yetakchisi. Uning qo‘shimcha qilishicha, Eron tomoni "bizdan buni qilmaslikni so‘ramoqda".

"Biz ularga juda qattiq zarba beramiz, chunki endi ularga zarba berish bizning navbatimiz. Ular buning kelishini bilishadi", dedi prezident.

Avvalroq Tramp AQSh harbiylari Tehronning Iordaniyadagi Amerika harbiy bazasini o‘qqa tutishiga javoban Eronga zarba berishini aytgan edi.

Kiritildi: 10:30 30.07.2026. O'qildi: 1120 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!