Bugun 31 avgust, 2026 yil, dushanba

КИР

Toshkentdagi oliygohlarda yangi o‘quv yilidan darslar soat 8 da boshlanadi

Toshkentdagi oliygohlarda yangi o‘quv yilidan darslar soat 8 da boshlanadi
Toshkent shahridagi oliygohlarda 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab birinchi smenadagi o‘quv mashg‘ulotlari soat 08:00 da boshlanadi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi xabar berdi. Qayd etilishicha, bu tartib poytaxtda transport oqimini samarali tashkil etish, ertalabki va kechki tig‘iz vaqtlarda yo‘llardagi yuklamani kamaytirish hamda ta’lim jarayonini yanada maqbul tashkil etishga qaratilgan. Xususan, dars mashg‘ulotlarining ertaroq boshlanishi oliy ta’lim tashkilotlariga qatnaydigan talabalar va professor-o‘qituvchilarning harakatlanish vaqtini oqilona rejalashtirish, kun davomida ta’lim jarayonini samarali tashkil etish hamda shahardagi transport vositalari oqimini maqbullashtirishga xizmat qiladi. Shuningdek, mazkur tartib kunduzgi va kechki ta’lim shakllarida tahsil olayotgan talabalar uchun o‘quv kunini to‘g‘ri rejalashtirish, mashg‘ulotlar va boshqa o‘quv faoliyati uchun vaqt imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi. Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonida Toshkent shahridagi oliy ta’lim tashkilotlari rahbarlari, professor-o‘qituvchilar, pedagoglar hamda talabalar mazkur tartibni inobatga olishlari so‘raldi. Ta’lim tashkilotlarida o‘quv mashg‘ulotlarini belgilangan vaqtda boshlash, o‘quv jarayonini tegishli ravishda tashkil etish hamda talabalar uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlash bo‘yicha tegishli choralar ko‘riladi.
Kiritildi: 12:32 27.08.2026. O'qildi: 813 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!