Toshkentda renovasiya dasturi doirasida eski uy-joy egalariga Yangi Toshkent hududidan bitta xonadon o‘rniga ikkita alohida xonadon taklif etilishi mumkin. Masalan, 70 kvadrat metrli uy egasiga umumiy maydoni 105 kvadrat metrgacha bo‘lgan ikkita xonadon — 45 va 60 kvadrat metrli uylar berilishi mumkin.
Prezidentning 10 noyabrdagi farmoniga ko‘ra, mulkdorlarga mavjud uyi maydonining 150 foizigacha bo‘lgan yangi uy-joy taklif etilishi nazarda tutilgan.
Biroq bu barchaga ikkita uy beriladi, degani emas. Har bir holat alohida ko‘rib chiqiladi va kompensasiya shartlari mulkdor bilan kelishiladi.