Bugun 16 aprel, 2026 yil, payshanba

КИР

Toshkentda ozarbayjon va o‘zbek ertaklari kitoblari taqdimoti o‘tkazildi

Toshkentda ozarbayjon va o‘zbek ertaklari kitoblari taqdimoti o‘tkazildi

Toshkentda Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi tashabbusi bilan “Bolalar adabiyoti – madaniy muloqotning asosi” shiori ostida “Ozarbayjon ertaklari” va “O‘zbek ertaklari” kitoblari taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Nashrlar madaniyat markazi, F. Ko‘charli nomidagi Respublika Bolalar kutubxonasi hamda Tahsil hamkorligida tayyorlangan.

Tadbirda Ozarbayjon elchixonasi vakillari, O‘zbekistonning ilm-fan, madaniyat va san’at arboblari, mehmonlar hamda o‘quvchilar ishtirok etdi.

Ozarbayjon elchisi Huseyn Guliyev ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar XIV asrdan boshlanganini va bugungi kunda barcha sohalarda izchil rivojlanayotganini ta’kidladi.

Madaniyat markazi direktori Akif Marifli bunday loyihalar yosh avlodni milliy-ma’naviy qadriyatlar asosida tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega ekanini qayd etdi.

Shuningdek, mas’ullar ushbu kitoblar bolalarda mutolaaga qiziqishni oshirish, ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish va Ozarbayjon hamda O‘zbekiston o‘rtasidagi madaniy aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qilishini bildirishdi.

Kiritildi: 22:01 15.04.2026. O'qildi: 207 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!