Bugun 22 oktyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Toshkentda Ozarbayjon kurortlarining turizm salohiyati taqdim etildi

Toshkentda Ozarbayjon kurortlarining turizm salohiyati taqdim etildi

Toshkent shahrida Ozarbayjon Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat markazi tashkilotchiligida, Ozarbayjon Kasaba uyushmalari Konfederasiyasi delegasiyasi ishtirokida O‘zbekiston turizm kompaniyalari vakillari uchun Ozarbayjon kurortlarining turizm va sog‘lomlashtirish imkoniyatlariga bag‘ishlangan taqdimot marosimi o‘tkazildi.

Tadbirda O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan 60 ga yaqin turizm kompaniyasi vakillari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdilar.

Taqdimot davomida Ozarbayjon kurortlarining turizm, davolash va sog‘lomlashtirish salohiyatini aks ettiruvchi maxsus videorolik namoyish etilib, mamlakatning turli hududlarida joylashgan dam olish va sog‘lomlashtirish maskanlari haqida batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, Ozarbayjon Kasaba uyushmalari Konfederasiyasi tasarrufida faoliyat yuritayotgan sanatoriy-kurort va dam olish muassasalarining zamonaviy infratuzilmasi, davolash-sog‘lomlashtirish imkoniyatlari hamda tashrif buyuruvchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar to‘g‘risida ma’lumotlar taqdim etildi.

Tadbir doirasida Ozarbayjon va O‘zbekiston o‘rtasidagi turizm sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, har ikki mamlakatning turizm salohiyatini keng targ‘ib etish hamda ushbu yo‘nalishda istiqbolli hamkorlik aloqalarini kengaytirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Taqdimot yakunida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berildi.

Kiritildi: Bugun 09:17. O'qildi: 215 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!