Bugun 24 oktyabr, 2025 yil, juma

КИР

Toshkentda jurnalistlar IIBga olib ketildi — IIV va Taftish.uz turlicha izoh berdi

Toshkentda jurnalistlar IIBga olib ketildi — IIV va Taftish.uz turlicha izoh berdi

23 oktyabr kuni Taftish.uz nashri jurnalistlari fuqarolar murojaatini o‘rganish paytida Yunusobod tumani IIO xodimlari tomonidan IIBga olib ketilgani haqida xabar tarqaldi.

Nashr bayonotiga ko‘ra, jurnalistlar xizmat vazifasini bajarayotganda texnika vositalariga shikast yetkazilgan va telefonlari olib qo‘yilgan.

IIVning rasmiy bayonotiga ko‘ra, voqea Yunusobod tumani prokuraturasi o‘tkazgan sayyor qabul paytida jurnalistlar va fuqarolar o‘rtasida janjal chiqqani bilan bog‘liq.

IIO xodimlari vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida janjal ishtirokchilarini IIBga olib borib suhbat o‘tkazgan.

IIV bu holatni OAV faoliyatiga to‘sqinlik sifatida talqin etish asossizligini bildirdi va “jurnalistlarga zo‘ravonlik qilingan” kabi xabarlarni rad etdi.

Kiritildi: 18:27 23.10.2025. O'qildi: 1041 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!