AQSh prezidenti Donald Tramp kolumbiyalik hamkasbi Gustavo Petroni o‘z bayonotlarida ehtiyot bo‘lishga chaqirdi, aks holda AQSh ma’muriyati unga va uning davlatiga qarshi "jiddiy choralar" ko‘radi.
Bu haqda xorijiy OAVlari xabar bermoqda.
"U bezori va yomon odam, o‘z mamlakatiga ko‘p zarar yetkazdi. Ular kokain ishlab chiqarish bo‘yicha juda yomon ish qilishyapti. Ularda kokain zavodlari bor", - dedi Amerika prezidenti.
"Ular Amerika Qo‘shma Shtatlariga keladigan har xil axlatni, giyohvand moddalarni, yomon dori-darmonlarni ko‘paytirmoqda. Ular odatda Meksika orqali keladi. Va u ehtiyot bo‘lgani yaxshi, aks holda biz unga va uning mamlakatiga qarshi juda jiddiy choralar ko‘ramiz", - dedi Tramp. U Univision telekanaliga bergan intervyusida Petroning dunyo yo Trampni o‘zgartirishi yoki "uni yo‘q qilishi" kerakligi haqidagi so‘zlariga izoh berdi.
"U o‘z mamlakatini o‘lim tuzog‘iga yetaklagan", - deya xulosa qildi Amerika rahbari.