Rossiya prezidentining boshqa bayonotlari:
◾️ Vengriya poytaxtidagi sammitga tayyorgarliksiz borish xato bo‘lardi;
◾️ Budapeshtda sammit o‘tkazish taklifi AQSh prezidenti tomonidan berilgan edi;
◾️ Agar Tomahawk raketalari Rossiya hududiga zarba bersa, Rossiyaning javobi jiddiy bo‘ladi, hatto aytish mumkinki, bu hayratlanarli darajada bo‘lishi aniq;
◾️ Muloqot har doim urushni davom ettirishdan yaxshiroq;
◾️ AQSh yangi sanksiyalar bilan Rossiyaga bosim o‘tkazishga urinmoqda, biroq o‘zini hurmat qiladigan hech bir davlat bosim ostida hech narsa qilmaydi. Yangi sanksiyalar bizning iqtisodiy holatimizga sezilarli ta’sir ko‘rsatmaydi;
◾️ Rossiyaning energetika sohasi garchi ayrim yo‘qotishlar bo‘lsa ham, o‘zini ishonchli va barqaror his qilmoqda;
◾️ Rossiya va Qo‘shma Shtatlar bosimdan jiddiy muloqotga o‘tsa, o‘zaro hamkorlik uchun ko‘plab yo‘nalishlar mavjud;
◾️ Rossiya va Saudiya Arabistoni Qo‘shma Shtatlardan farqli ravishda iste’mol qilganidan ko‘ra ko‘proq neft sotadi.