Bugun 22 oktyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Toshkent viloyatida hibsxona xodimlari pedofilning qochib ketishiga sharoit yaratganmi?

Toshkent viloyatida hibsxona xodimlari pedofilning qochib ketishiga sharoit yaratganmi?

Toshkent viloyatining Ohangaron tumanidagi jazoni ijro etish muassasasidan qochib, 3-sinf o‘quvchisiga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik sodir etgan 31 yoshli mahbusning qochib ketish holati yuzasidan mas’ul xodimlarga nisbatan jinoiy ish ochildi.

Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish departamenti Markaziy tergov hibsxonasi inspektori va boshqa mansabdor shaxslar bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib, moddiy manfaat evaziga qonunga xilof harakatlar sodir etishda ayblanmoqda (JKning 214-moddasi 3-qismi “b” bandi). Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi ma’lum qildi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, qochgan mahbus ilgari ham bir necha marta sudlangan, shu jumladan bolalarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik uchun jazo o‘tagan. Biroq nazoratdagi muassasadan qanday sharoitda qochib ketgani haqida hozircha batafsil ma’lumot berilmagan.

Ayni paytda jabrlangan qizaloq “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi psixologlari nazoratida bo‘lib, unga zarur tibbiy va psixologik yordam ko‘rsatilayotgani ma’lum qilindi.

Mazkur voqea bo‘yicha Jinoyat kodeksining 119-moddasi 4-qismi (“zo‘rlik ishlatib, g‘ayritabiiy jinsiy aloqa qilish”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchi qamoqqa olingan.

Kiritildi: 23:45 21.10.2025. O'qildi: 1482 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!