Chelyabinsk viloyati (Rossiya) Kopeysk shahridagi zavodda yuz bergan portlash qurbonlari soni 9 kishiga yetdi.
Bu haqda gubernator Aleksey Teksler o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.
"Ayni paytda to‘qqiz kishining o‘limi tasdiqlandi. Besh kishi jarohat oldi, tibbiyot xodimlarimiz ularning ahvolini barqarorlashtirish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solmoqda. Yo‘qolganlar haqidagi ma’lumotlarni yangilayapmiz", - dedi u.