Bugun 20 oktyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Ukraina Rossiyani yenga olmaydi...

Ukraina Rossiyani yenga olmaydi...

Ukraina Rossiya bilan mojaroda g‘olib bo‘lib chiqa olmaydi, shu bois Kiyev Moskva bilan muzokaralar o‘tkazishi kerak. Bu haqda Britaniya Bosh shtabining sobiq rahbari Devid Richards “The Independent” nashri bilan suhbatda ma’lum qildi.

“Buyuk Britaniya armiyasining eng yuqori lavozimli zobitining so‘zlariga ko‘ra, Ukraina Rossiya bilan urushda g‘alaba qozona olmaydi va tinchlik shartlari to‘g‘risida Kreml bilan muzokaralar olib borishi shart”, - deyiladi maqolada.

Richardsning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainaga G‘arb ittifoqchilari u go‘yoki Rossiya qo‘shinlarini NATO yordamisiz siqib chiqara olishi mumkinligi borasida yolg‘on umidlar baxsh etgan.

“Ukraina bilan qilgan ishimiz bu — Ukrainani jang qilishga undadik, biroq g‘alaba uchun vositalar taqdim etmadik. <...> Menimcha, ular g‘alaba qozona olmaydi”, - dedi Britaniya Bosh shtabining sobiq rahbari.

Kiritildi: 22:42 19.10.2025. O'qildi: 1011 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!