2025 yil 19 oktyabr kuni soat 09:40 larda Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumani “Azlarsoy” MFY xududidan o‘tgan D-162 (4R-104) avtomobil yo‘lining 7-kilometrida 1997 yilda tug‘ilgan haydovchi bo‘shqaruvidagi “Cobalt” avtomashinasi bilan harakatlanib kelib yo‘lning qarama-qarshi bo‘lashgiga chiqib ketishi natijasida 1986 yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvida bo‘lgan “Nexia 2” rusumli transport vositasi bilan to‘qnashgan.
Yo‘l transport hodisasi oqibatida “Nexia 2” rusumli avtomobilida yo‘lovchi sifatida ketayotgan 1963 yilda tug‘ilgan erkak voqea joyida vafot etgan. Yana bir yo‘lovchisi, 1959 yilda tug‘ilgan ayol tuman shoshilinch tez tibbiy yordam bo‘limiga yetkazilgan.
Hozirda holat yuzasidan Qumqo‘rg‘on tuman IIB tergov guruhi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov surishtiruv ishlari olib borilmoqda.