Bugun 23 oktyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Tramp Ukrainaga Rossiyaga chuqur zarbalar berish uchun uzoq masofali raketalardan foydalanishga ruxsat berdi(?)

Tramp Ukrainaga Rossiyaga chuqur zarbalar berish uchun uzoq masofali raketalardan foydalanishga ruxsat berdi(?)

AQSh prezidenti Donald Tramp The Wall Street Journal gazetasida Vashington Ukrainaning Rossiyaga chuqur zarbalar berish uchun G‘arb raketalaridan foydalanishga qo‘yilgan asosiy cheklovni bekor qilgani haqidagi ma’lumot haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini aytdi.

Amerika yetakchisi bu haqda Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.

"The Wall Street Journal nashrining AQSh Ukrainaga Rossiyaga chuqur zarbalar berish uchun uzoq masofali raketalardan foydalanishga ruxsat bergani haqidagi xabari soxta xabar", deb yozdi u. "AQShning bu raketalarga, ular qayerdan kelganidan qat’i nazar, yoki Ukraina ular bilan nima qilayotganiga aloqasi yo‘q!" - deb post qoldirdi Tramp.

Kiritildi: Bugun 10:00. O'qildi: 987 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!