Bugun 24 oktyabr, 2025 yil, juma

КИР

Turkiya G‘arbiy Sohilni anneksiya qilinishiga qarab o‘tirmaydi

Turkiya G‘arbiy Sohilni anneksiya qilinishiga qarab o‘tirmaydi

Isroil parlamentining (Knesset) G‘arbiy Sohilni anneksiya qilish harakati xalqaro huquqqa zid va hech qanday yuridik kuchga ega emas.

Bu haqda Turkiya TIV bayonotida ma’lum qilingan.

Rasmiy Anqara bu harakatni, ayniqsa G‘azoda tinchlik o‘rnatish harakatlari davom etayotgan bir paytda provokasiya sifatida baholadi.

"G‘arbiy Sohil Falastin hududi. Isroilning bu yerda noqonuniy faktlar yaratishga urinishlarining oldi olinishi kerak", - deyiladi bayonotda.

Eslatib o‘tamiz, Knesset Isroil qonunlarini G‘arbiy Sohilgacha kengaytiruvchi qonun loyihasini birinchi o‘qishda ma’qullagan edi.

Kiritildi: 09:00 23.10.2025. O'qildi: 914 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!