Bugun 24 oktyabr, 2025 yil, juma

КИР

Venesuela AQShga qarshi turish uchun Rossiya raketalarini joylashtirdi

Venesuela AQShga qarshi turish uchun Rossiya raketalarini joylashtirdi

Venesuela prezidenti Nikolas Maduro Qo‘shma Shtatlarga qarshi turish maqsadida “kamida 5000 ta” Rossiyada ishlab chiqarilgan qisqa masofali “Igla-S” zenit raketalarini safarbar etganini ma’lum qildi. Harbiylar oldida chiqish qilgan Maduro raketalar “tinchlikni ta’minlash” uchun muhim nuqtalarda joylashtirilganini aytdi.

“Igla-S” raketalari past balandlikda uchuvchi samolyotlarni urib tushirish uchun mo‘ljallangan. Bunday raketalar ilgari Karib dengizida AQSh harbiy kemalari joylashtirilganiga javoban Maduro tomonidan o‘tkazilgan harbiy mashg‘ulotlarda ham qo‘llanilgan.

Avvalroq Qo‘shma Shtatlar prezidenti Donald Tramp Venesuela rahbari Nikolas Maduroni narkokartellarga rahbarlik qilishda ayblagan va ularga qarshi kurashni “qurolli to‘qnashuv” deb atagan edi. AQSh harbiy kemalari esa bir necha bor giyohvand moddalar tashishda gumon qilingan kichik kemalarga hujum qilgan.

Kiritildi: 16:33 23.10.2025. O'qildi: 1359 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!