Bugun 24 oktyabr, 2025 yil, juma

КИР

Toshkentda bo‘lajak kuyov qizni aldab, hovlisini sotib yuborgani yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi

Toshkentda bo‘lajak kuyov qizni aldab, hovlisini sotib yuborgani yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi

Ijtimoiy tarmoqlarda bo‘lajak kuyov aldov yo‘li bilan kelinning hovlisini sotib yuborgani haqidagi xabar tarqalib turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Mazkur holat yuzasidan poytaxt IIBB ma’lumot berdi.

Unda aytilishicha, 2024 yil avgust oyida 1997-yilda tug‘ilgan SH.R 1999-yilda tug‘ilgan SH.A ga kuyov bo‘lishni aytib, uning ishonchiga kirgan. Biroq to‘ydan avval muammolari borligi uchun uning uyini garovga qo‘yib turishni, muammolari hal bo‘lgach unga uylanishini aytib, aldov yo‘li bilan boshqa fuqaroga 240 000 AQSh dollariga sotib yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan SH.R. ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi tanlangan. Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan olib borilgan dastlabki tergov jarayonida fuqaro SH.R. bundan tashqari boshqa fuqarolarga nisbatan ham bir nechta firibgarlik holatlarini sodir etgani aniqlangan.

Barcha holatlar yuzasidan tergov harakatlari to‘liq va xolisona olib borilib, tergov yakuni bo‘yicha to‘plangan hujjatlar qonuniy chora ko‘rishlik uchun ayblov xulosasi bilan jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudiga yuborilgan. Hozirda mazkur jinoyat ishi doirasida sud jarayonlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 23:45 23.10.2025. O'qildi: 1730 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!