Bugun 24 oktyabr, 2025 yil, juma

КИР

Bugun Markaziy Osiyoning qator banklari sanksiyaga duchor bo‘ldi

Bugun Markaziy Osiyoning qator banklari sanksiyaga duchor bo‘ldi

Xususan, Yevropa komissiyasi tasdiqlagan Rossiyaga qarshi sanksiyalarning 19-paketiga VTB-Qozog‘iston banki, Tojikiston, Qirg‘iziston va Belarus banklari kiritilgan.

Evropaliklar VTB-Qozog‘iston banki, Tolubay bank, Yevroosiyo jamg‘arma banki (Qirg‘iziston), Dushanbe Siti bank, Spitamen bank (Tojikiston), Tojikiston kommersbankini “qora ro‘yxat”ga kiritgan.

Lekin bular orasida O‘zbekiston banklari yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, bugun, Shavkat Mirziyoyev Bryusselga uchib ketdi. Ertaga O‘zbekiston hamda Yevropa Ittifoqi o‘rtasida Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitim imzolanadi.

Kiritildi: 22:45 23.10.2025. O'qildi: 1327 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!