Bugun 24 oktyabr, 2025 yil, juma

КИР

Rossiyaga qarshi joriy qilgan sanksiyalar Yevropaning o‘ziga qarshi ishlamoqda

Rossiyaga qarshi joriy qilgan sanksiyalar Yevropaning o‘ziga qarshi ishlamoqda

EI Rossiyaga qarshi joriy qilgan sanksiyalar Yevropaning o‘ziga qarshi ishlamoqda, dedi TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova

Uning aytishicha, hozirgi Yevropa elitasi ochiq-oydin haqiqatni tan olishni istamayapti: sanksiyalar “ko‘zlangandek ishlamayapti”.

“Bryusselning Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kengaytirish imkoniyatlari tugadi. Ular Rossiya iqtisodiyoti va uning mudofaa qobiliyatiga strategik zarar yetkazish konsepsiyasini amalga oshirishning deyarli barcha imkoniyatlarini allaqachon tugatgan”, — dedi Zaxarova brifingda.

Diplomat, shuningdek, Rossiya YEIning har qanday dushmanona harakatlariga o‘zi uchun eng to‘g‘ri va foydali deb hisoblagan tarzda javob berish huquqini saqlab qolishini qo‘shimcha qildi.

Avvalroq, Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi 19-sanksiyalar paketini tasdiqlagan edi. Yangi choralar Rossiya banklari, kripto-birjalar, shuningdek, Hindiston va Xitoydagi ayrim tashkilotlarga taalluqli, degan edi Yevropa diplomatiyasi rahbari Kaya Kallas.

Kiritildi: 22:05 23.10.2025. O'qildi: 733 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!