Bugun 24 oktyabr, 2025 yil, juma

КИР

“Biz u yerda aka-uka va opa-singillarimizga qanday munosabatda bo‘layotganidan norozimiz”

“Biz u yerda aka-uka va opa-singillarimizga qanday munosabatda bo‘layotganidan norozimiz”

Joriy yil yanvar oyidan beri AQShda jami 2 382 nafar meksikalik hibsga olingan. Bu haqda Meksika prezidenti Klaudiya Sheynbaum Milliy saroydagi matbuot anjumani chog‘ida ma’lum qildi, deya xabar beradi Sinxua.

Uning so‘zlariga ko‘ra, 6 iyundan 20 oktyabrgacha bo‘lgan davrda AQSh hukumati tomonidan o‘tkazilgan immigrasiya reydlari chog‘ida 1390 nafar meksikalik yoki hibsga olinganlar umumiy sonining taxminan 58,3 foizi hibsga olingan.

K.Sheynbaum hibsga olinganlarning huquqiy maqomidan xavotir bildirdi, hozircha bunga to‘liq oydinlik kiritilmagan.

“Biz u yerda aka-uka va opa-singillarimizga qanday munosabatda bo‘layotganidan norozimiz”, - dedi prezident immigrasiya reydlariga ishora qilib.

Meksika immigrasiyaga qarshi yangi siyosati bo‘yicha Vashingtonga bir nechta diplomatik notalar yubordi va inson huquqlarining buzilishi yuzasidan shikoyat qilish uchun yuridik maslahat so‘ragan fuqarolarga yordam ko‘rsatmoqda, deya tasdiqladi Sheynbaum.

Uning ta’kidlashicha, konsullik yordami va keyingi huquqiy yordam olish uchun jabrlanuvchilarning o‘zlari tegishli shikoyatlar bilan murojaat qilishlari kerak.

Kiritildi: 21:15 23.10.2025. O'qildi: 1374 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!