Bugun 9 avgust, 2026 yil, yakshanba

КИР

Toshkent shahrida ichimlik suvi tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanish holati fosh etildi

Toshkent shahrida ichimlik suvi tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanish holati fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahri boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “G.B” MCHJ mas’ul shaxslari Shayxontohur tumani, “Beltepa” MFY hududidagi binoda umumiy foydalanishdagi ichimlik suvi tarmog‘iga tijorat maqsadida o‘zboshimchalik bilan ulanib, 3,2 mlrd so‘mlik ichimlik suvidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 11:41 23.07.2026. O'qildi: 533 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!