Bugun 9 avgust, 2026 yil, yakshanba

КИР

Toshkent shahrida 1,4 mlrd so‘m mablag‘lar “Keshbek” sifatida talon-toroj qilinganligi fosh etildi

Toshkent shahrida 1,4 mlrd so‘m mablag‘lar “Keshbek” sifatida talon-toroj qilinganligi fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mirzo Ulug‘bek tumani bo‘limi va Soliq qo‘mitasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “E.P.”, “M.M.” va “E.S.” MCHJlar mas’ul shaxslari o‘zaro til biriktirib, go‘yoki 322,4 mlrd so‘mlik mahsulotlar yetkazib berilganligi haqida soxta ma’lumotlar rasmiylashtirib, savdodan tushgan pullarni nazorat kassa mashinalari orqali kirim qilib, fuqarolarga sotganligi haqida 3 363 dona xarid cheklarini chiqarib, ijtimoiy himoya reestriga kiritilgan fuqarolarga “Soliq Mobile” ilovasi orqali “Keshbek” sifatida to‘lab berib, 1,4 mlrd so‘m byudjet mablag‘larini talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 10:05 21.07.2026. O'qildi: 850 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!