Bugun 9 avgust, 2026 yil, yakshanba

КИР

Toshkent shahrida 1,3 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi

Toshkent shahrida 1,3 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi

Bosh prokuratura shtabi tomonidan Toshkent shahrining Yashnobod tumanida o‘tkazilgan nazorat tadbirida “O. F.” MCHJga qarashli noturar binoning hisoblagichiga tashqi ta’sir ko‘rsatib, 956 million so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelayotganligi ma’lum bo‘ldi.

Shuningdek, ushbu tumanda joylashgan “A. F.” MCHJga tegishli qarashli savdo do‘konida ham xuddi shunday qoidabuzarlik aniqlandi. Keltirilgan zarar dastlabki hisoblarga ko‘ra, 331 mln so‘mni tashkil qildi.

Yana bir holat Yunusobod tumanida fuqaro V. A. ga tegishli bino o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa ulanib, 84 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi ma’lum bo‘ldi.

Kiritildi: 10:51 06.07.2026. O'qildi: 850 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!