Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish hamda turgan joyi bo‘yicha hisobga olish masalasida qanday ishlar amalga oshirildi?

Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish hamda turgan joyi bo‘yicha hisobga olish masalasida qanday ishlar amalga oshirildi?

2020 yilning 20 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Doimiy propiska qilish hamda turgan joyi bo‘yicha hisobga olish tartibini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5984 sonli Farmoni va shu asosda 2020 yilning 22 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida doimiy va vaqtincha propiska qilish tartibini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2019 yil 28 dekabr kunidagi 1049-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi 320-sonli qarori qabul qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 yanvardagi Oliy Majlisga Murojaatnomasi hamda 2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini mamlakat hududida bir joydan ikkinchi joyga ko‘chish borasidagi huquq va erkinliklarini ta’minlashning kafolatlarini mustahkamlash borasida, keng jamoatchilik fikrlarini inobatga olib ruxsat berish xususiyatiga ega bo‘lgan doimiy propiska qilish tizimidan bosqichma-bosqich xabar berish xususiyatidagi ro‘yxatdan o‘tkazish tizimiga o‘tish ma’qullandi.

“Doimiy propiska qilish” va “turgan joyi bo‘yicha hisobga olish” tushunchalari “doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish” va “vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish” tushunchalariga o‘zgartirildi.

Fuqarolarga birinchi va ikkinchi darajadagi qarindoshlarini o‘zi doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatda bo‘lgan manzil bilan bir qatorda egaligida bo‘lgan uy-joy maydoniga doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga qo‘yish imkoniyati yaratildi.

Doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga qo‘yish uchun er-xotinning nikohdan keyin bir yil davomida birgalikda yashash sharti hamda bir yil ichida nikoh bekor qilingan taqdirda doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinishi yo‘qotilishi to‘g‘risidagi qoida olib tashlandi.

Oilaga tarbiyaga olingan (patronat) shaxslar ularning tutingan ota-onasining doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinishi ma’qullandi.

Ilgari Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan fuqarolar doimiy yashash uchun tegishincha qaytib kelganida, ular Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga hech qanday to‘siqlarsiz qayta doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinishi belgilandi.

Tegishli lavozimlarga saylangan, tayinlangan, tasdiqlangan fuqarolarga hamda respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlariga ishga taklif etilayotgan yuqori malakali mutaxassislar uchun lavozimni egallab turish davriga beriladigan doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinish huquqiga cheklovning bekor qilindi.

Toshkent shahri va Toshkent viloyatida joylashgan davlat tashkilotlarida 5 yil muddat mobaynida uzluksiz mehnat faoliyatini yuritayotgan mutaxassislarga (texnik, xizmat ko‘rsatuvchi va ishlab chiqarish xodimlaridan tashqari) mazkur hududlarda doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinishi ma’qullandi.

Respublikaning boshqa hududlarida doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi yangi qurilgan uylarni sotib olib, uch yil ichida sotgan holatlarda davlat bojining alohida stavkalarini qo‘llash tartibining bekor qilindi.

2020 yil 1 apreldan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida ko‘chmas mulkni olishda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun ushbu hududlarda doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinganligi talab qilinmasligi tasdiqlandi.

Toshkent shahri va Toshkent viloyatida – 2020 yil 1 sentyabrdan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda – 2021 yil 1 yanvardan boshlab, - O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini doimiy yashash

va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish bilan bog‘liq ishlar idoralararo elektron hamkorlik orqali “yagona darcha” tamoyili asosida Ichki ishlar vazirligining “Manzil” avtomatlashtirilgan axborot tizimi vositasida amalga oshirilishi belgilandi.

Doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish tartibini buzganlik holati O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini tegishli hudud va manzildan chiqarib yuborish uchun asos bo‘lib hisoblanmasligi qayd etildi.

Shu bilan birga, 2020 yil 1 sentyabrdan boshlab O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tmasdan istiqomat qilish muddati 15 kun hisoblanishi, doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olishni rasmiylashtirish bir kun ichida amalga oshirilishi belgilandi.

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olishda avvalgi doimiy yashash joyidan ro‘yxatdan chiqish tartibi bekor qilinishi ko‘zda tutilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinishini rasmiylashtirishda pasport, uy daftari yoki xonadon kartochkasiga ro‘yxatga olish shtampini bosish amaliyotini bekor qilish mexanizmi ishlab chiqilmoqda.

Harbiy xizmatga majburlarning doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan olinishda mudofaa ishlari bo‘limlariga harbiy hisobdan chiqish va harbiy hisobga turish uchun borish tartibi bekor qilinishi bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi tomonidan soliq idoralarida hisobga olingan ijara shartnomasi haqida ma’lumot taqdim etilganda vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinishda uy-joy egasining roziligi talab etilmasligi, tug‘ilgan bola Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari tomonidan unga tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnomani rasmiylashtirish chog‘ida otasi yoki onasining doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan manziliga idoralararo elektron hamkorlik orqali ma’lumotlarni kiritish yo‘li bilan doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish tartibi joriy qilinadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining muayyan hududida doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari tegishincha ushbu hududning boshqa manzilida istiqomat qilsa, turgan joyi bo‘yicha vaqtincha ro‘yxatga olinishi shart emas va pasport tizimi qoidalarini buzgan deb hisoblanmasligi kiritilmoqda.

 “Manzil” tizimining “yagona darcha” tamoyili asosida to‘liq ishlashini ta’minlash maqsadida:

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi 2020 yil 1 avgustga qadar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini harbiy hisobga onlayn tarzda olish va hisobdan chiqarish tizimini joriy, 2021 yil 1 yanvarga qadar harbiy hisob hujjatlarini avtomatlashtirish maqsadida kartoteka ma’lumotlarini jismoniy shaxsning shaxsiy identifikasiya raqami (JSHSHIR)ga bog‘lagan holda raqamlashtirish choralarini ko‘rilmoqda.

Harbiy hisob hujjatlarini, harbiy xizmatga majbur fuqarolar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni hududiy mudofaa ishlari bo‘limlariga real vaqt rejimida elektron tizim orqali yuborish uchun Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi ma’lumotlar bazasi bilan idoralararo elektron hamkorlikni yo‘lga qo‘yilishi, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi 2020 yil 1 avgustga qadar “Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarining yagona elektron arxivi” axborot tizimini Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda “Manzil” tizimiga integrasiya qilinishi ko‘zda tutilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi 2020 yil

1 sentyabrga qadar voyaga yetganlarni jismoniy shaxsning shaxsiy identifikasiya raqamiga (JSHSHIR) hamda voyaga yetmaganlarning tug‘ilganlik haqida guvohnomasining ma’lumotlariga bog‘lagan holda vasiylik va homiylikni tasdiqlovchi hujjatlarning elektron bazasini, O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksini, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda hisobga olingan ijara shartnomalari bo‘yicha ijarachi va uy egasining JSHSHIR hamda ko‘chmas mulkning kadastr raqami to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etish maqsadida “Soliq” axborot tizimlari kompleksini, O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi ko‘chmas mulk egasi yoki uning yuridik manzili o‘zgarganda, ko‘chmas mulk ob’ektlarining manzillari yagona reestridan o‘zgargan ma’lumotlarini Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda “Manzil” tizimiga integrasiya qilinishi ko‘zda tutilmoqda.

Ko‘chmas mulk egasi bo‘lgan jismoniy shaxsning shaxsiy identifikasiya raqami mavjud bo‘lmaganda, “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integrasiyalashuv platformasidan foydalanib va axborot xavfsizligi talablariga rioya etgan holda, uni Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi hamda Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlar bazasidan olishni yo‘lga qo‘yilmoqda.

Aholiga taqdim etilayotgan elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatish doirasida elektron raqamli imzo o‘rniga shaxsni tasdiqlashning muqobil shakllarini, shu jumladan mobil aloqa telefon raqamlari orqali shaxsni tasdiqlashning qo‘shimcha imkoniyatlarini yaratishni nazarda tutuvchi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini kiritilmoqda.

Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish ishlarini Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali amalga oshirish imkoniyatini yaratiladi.

Bunda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Mudofaa vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi “Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” DUK bilan birgalikda 2020 yil 1 avgustgacha O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish bilan bog‘liq jarayonlarni amalga oshirish maqsadida tegishli axborot tizimlarini O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga integrasiya qilinadi.

Doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinganda tegishli idoralarga davlat xizmatlarining avtomatik tarzda ko‘rsatilishi uchun xabarnoma yuborilishini tashkillashtirsh, barcha doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olishni talab etadigan davlat xizmatlari hamda boshqa ma’muriy tartib-taomillarni vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinish orqali amalga oshirish imkoniyatini yaratish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritilmoqda.

Toshkent shahar IIBB MvaFRB

Kiritildi: 23:19 03.07.2020. O'qildi: 2916 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!