Bu haqida “MIFI” Toshkent filiali va Gubkin neft va gaz universiteti qoshidagi akademik lisey hamda “ International House-Tashkent” akademik liseylari orasida memorandumlar imzolandi.
Unda belgilangan dasturga ko‘ra, liseylarda fizika, matematika va informatika fanlarini chuqur o‘rganish, atom energetikasining zamonaviy texnologiyalari bilan amaliy tanishish, kasbga erta yo‘naltirish yo‘lga qo‘yiladi.
Shu tariqa O‘zbekiston atom energetikasi uchun uzluksiz kadrlar tayyorlash tizimi yo‘lga qo‘yiladi.