2026/2027 o‘quv yili uchun Toshkent davlat yuridik universitetida to‘lov-kontrakt miqdorlari tasdiqlandi.
Yangi narxlarga ko‘ra, bakalavriatning kunduzgi ta’lim shaklida bir yillik kontrakt 22 496 700 so‘m etib belgilangan. 2025/2026 o‘quv yilida ushbu summa 16 695 000 so‘m edi. Ya’ni kontrakt narxi o‘tgan o‘quv yiliga nisbatan 5,8 mln so‘mga yoki qariyb 35 foizga oshgan.
Bakalavriatning boshqa ta’lim shakllarida o‘sish yanada yuqori. Sirtqi ta’limda to‘lov 14 868 000 so‘mdan 21 352 800 so‘mga yetib, 43,6 foizga qimmatlagan. Masofaviy ta’limda esa kontrakt 13 860 000 so‘mdan 20 208 900 so‘mga oshgan. Bu 45,8 foizlik o‘sishni tashkil etadi.
Magistraturaning kunduzgi ta’lim shaklida ham kontrakt 5,8 mln so‘mga qimmatlab, 18 585 000 so‘mdan 24 403 200 so‘mga yetgan. Ya’ni kontrakt narxi 31,3 foizga oshgan.