Bugun 22 oktyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Zelenskiyning talabi Yevropa komissiyasini qiyin ahvolga solib qo‘ydi

Zelenskiyning talabi Yevropa komissiyasini qiyin ahvolga solib qo‘ydi

Evropa komissiyasi Ukraina byudjetining 2027 yil uchun moliyalashtirish taqchilligini qoplash bo‘yicha yechim topishga harakat qilmoqda. Bryussel yil oxiriga qadar bu borada siyosiy kelishuvga erishishni rejalashtirgan. Bu haqda «Rapporter» portali idoralararo hujjatga tayanib xabar berdi.

Hujjatda ta’kidlanishicha, 2027 yilda Ukrainaga zarur moliyaviy yordamni ta’minlash uchun mablag‘ yetishmovchiligini bartaraf etish choralarini ishlab chiqish kerak. Shuningdek, frontdagi vaziyat tez o‘zgarayotgani sababli, kelgusi yordam dasturlarida moslashuvchanlikni saqlash zarurligi qayd etilgan.

«Yil oxiriga qadar siyosiy kelishuvga erishish maqsadida 2027 yilgi moliyalashtirish taqchilligini bartaraf etish yechimlarini aniqlash bo‘yicha ishlarni boshlash kerak», — deyiladi hujjatda.

Nashr mualliflarining yozishicha, mazkur hujjat Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Yevropa Ittifoqidan Kiyevning harbiy ehtiyojlari uchun kamida 70 milliard yevro ajratish masalasini ko‘rib chiqishni talab qilganidan keyin tayyorlangan va Ittifoqqa a’zo davlatlarga yuborilgan.

Evropa komissiyasi oldidagi asosiy vazifa Ukrainaga kelgusi yilda zarur moliyaviy yordamni ta’minlash bilan birga, bu borada Yevropa Ittifoqi mamlakatlari o‘rtasida kelishuvga erishishdan iborat.

Kiritildi: Bugun 19:28. O'qildi: 530 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!