Bugun 23 oktyabr, 2026 yil, juma

КИР

Paolo Kannavaro Italiya klubi taklifini rad etib, O‘zbekistonda qolishga qaror qildi

Paolo Kannavaro Italiya klubi taklifini rad etib, O‘zbekistonda qolishga qaror qildi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi murabbiylar shtabi a’zosi Paolo Kannavaro faoliyatini Italiyada davom ettirish imkoniyatidan foydalanmadi. U akasi Fabio Kannavaro bilan hamkorlikni saqlab qolishni ma’qul ko‘rgan.

TuttoMercatoWeb ma’lumotiga ko‘ra, Italiyaning «Julyano» klubi Raffaele Di Napoli iste’fosidan keyin 45 yoshli mutaxassisni bosh murabbiylikka taklif qilgan.

Muzokaralar davomida tomonlar 2027 yil iyunigacha mo‘ljallangan, keyinchalik uzaytirilishi mumkin bo‘lgan shartnoma yuzasidan og‘zaki kelishuvga ham erishgan. Biroq Kannavaro yakunda taklifni qabul qilmagan.

Bunga uning O‘zbekiston terma jamoasi bilan amaldagi shartnomasi ham sabab bo‘lgan. Italiya klubini boshqarish uchun murabbiy milliy jamoadagi majburiyatlaridan ozod bo‘lishi talab etilardi.

Xabar qilinishicha, Paolo Kannavaro kamida 2027 yilgi Osiyo kubogiga qadar Fabio Kannavaroning murabbiylar shtabida faoliyatini davom ettirishni rejalashtirmoqda.

Kiritildi: 13:50 22.10.2026. O'qildi: 837 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!