Bugun 19 oktyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Biz G‘azo sektori va Livan qishloqlarini vayron qilyapmiz, butun dunyo esa bizga qoyil qolmoqda

Biz G‘azo sektori va Livan qishloqlarini vayron qilyapmiz, butun dunyo esa bizga qoyil qolmoqda

Isroil mudofaa vaziri Isroil Katsning boshqa bayonotlari:

- Bizning erishgan natijalarimiz kishini hayratga soladi.

- G‘azo sektorida biz o‘z oldimizga qo‘ygan maqsadlarga erishdik. G‘azo sektorining yetmish-sakson foizi vayron qilindi.

- Xuddi shu holat Livan janubiga ham tegishli.

- Bugungi kunda Livan janubida 700 kvadrat kilometr maydonni egallagan 60 dan ortiq qishloq vayron qilindi. Bu qishloqlar yer yuzidan butunlay yo‘q qilindi. Yigirma uch mingta uy — barchasi vayron bo‘ldi, yer bilan yakson qilindi.

- U yerda aholidan hech kim qolmadi. Ikki yuz ming nafar aholi hozir ushbu hududdan tashqarida. Bu G‘azoda ko‘rganimizga o‘xshash model — va biz aynan shu modelni amalga oshiryapmiz.

- Agar biron-bir Falastin shahridan terrorizm bosh ko‘tarsa, biz xuddi G‘azoda qilganimizdek, aholini evakuasiya qilamiz va tegishli choralarni ko‘ramiz.

- Butun dunyo bizga qoyil qolmoqda. Butun dunyo bizni hurmat qilmoqda.

- Mintaqadagi davlatlar — buni ochiq tan oladimi yoki yo‘qmi — Isroilga yaqin bo‘lishga intilmoqdalar. Ular bizning qat’iyatimizni qadrlaydilar. Ular erishilgan natijalarni qadrlaydilar.

Kiritildi: 21:58 18.10.2026. O'qildi: 706 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!