AQSh Prezidenti Donald Tramp Moskva va Vashingtonning Rossiya-Ukraina nizosini hal qilish bo‘yicha sa’y-harakatlari faollashgan bir paytda o‘ylamay qadam tashlashdan qochishga intilayotganini ma’lum qildi.
Amerika yetakchisi Oq uyda jurnalistlarga bergan bayonotida Rossiya prezidenti Vladimir Putinning AQSh maxsus vakili Stiv Uitkoff bilan Sankt-Peterburgdagi uchrashuviga to‘xtalib o‘tdi.
«Nizoni yakunlashga yaqinlashib qolgan bir paytimizda, men eng oxirgi istaydigan narsam — hamma narsani ag‘dar-to‘ntar qilib yuborishdir», — dedi Tramp. Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday vaziyatda o‘ylamasdan harakat qilishdan tiyilish juda muhim. «Bunday vaziyatda siz qiladigan eng oxirgi ish — biror bir aql bovar qilmaydigan qadam tashlashdir», — deya ta’kidladi AQSh prezidenti.
Tramp, shuningdek, Rossiya-Ukraina nizosi hozirgi vaqtda tinchlik yo‘li bilan hal etilishga ilgarigi har qanday davrdan ko‘ra yaqinroq degan fikrni bildirdi. Amerika yetakchisi avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan ham nizoni tugatish masalasini muhokama qilganini qayd etdi. «Aytgancha, biz bunga yaqinlashmoqdamiz. Ehtimol, hozir biz ilgari bo‘lgan har qanday vaqtdan ko‘ra yaqinroqdirmiz», — deb bayonot berdi Tramp.