Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, 20 oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Uitkoff va Kushner Zelenskiyga uning Tramp tanqidlariga keskin javoblari Amerika prezidentining g‘azabini keltirib chiqarganini aytgan.
Zelenskiy esa o‘z navbatida e’tiroz bildirishga va Tramp haqidagi avvalgi gaplarini izohlashga uringan. Biroq NYT manbasining ta’kidlashicha, Ukraina rahbari bildirilgan ishorani tushungan va Oslodagi muzokaralardan keyingi matbuot anjumanida AQSh tomonining harakatlariga nisbatan ancha bosiq munosabat bildirgan.
Norvegiya poytaxtida Ukrainadagi urushni tinch yo‘l bilan hal qilish masalasi muhokama qilingan. Uchrashuvda Zelenskiy, Finlyandiya prezidenti Aleksandr Stubb, Norvegiya bosh vaziri Yonas Gar Stere va Stiv Uitkoff ishtirok etgan. Jared Kushner muzokaralarga videaloqa orqali qo‘shilgan.
Avvalroq Donald Tramp Zelenskiyning tinchlik kelishuviga tayyor emasligidan norozi ekanini bildirib, Ukrainaga Rossiya bilan kelisha oladigan yangi rahbar kerakligini aytgan edi.
Shuningdek, Zelenskiy Rossiya va AQSh o‘rtasida dizel yoqilg‘isi yetkazib berish bo‘yicha erishilgan kelishuvlarni ochiq tanqid qilgan. Moskva esa Kiyevni Rossiya neftni qayta ishlash zavodlariga zarbalar berishda davom etayotganlikda ayblagan.