Bugun 22 oktyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Putin hukumatda kadrlar o‘zgarishini amalga oshirdi

Putin hukumatda kadrlar o‘zgarishini amalga oshirdi

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin hukumatda kadrlar o‘zgarishini amalga oshirdi.

Bu haqda davlat rahbari tegishli farmonlarni imzoladi.

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Andrey Nikitinni transport vaziri lavozimidan ozod etib, uni Rossiya Bosh vaziri o‘rinbosari (vise-premyer) etib tayinlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Ushbu vazirlikning yangi rahbari etib Dmitriy Yadrov tayinlandi.

Putin, shuningdek, sobiq vise-premyer Yuriy Trutnevni o‘zining yordamchisi lavozimiga tayinlash haqidagi farmonni ham imzoladi.

Rossiya Prezidenti Bosh vazir o‘rinbosari — Hukumat apparati rahbari lavozimiga Irina Okladnikovani tayinladi.

Oleg Kojemyako Bosh vazir o‘rinbosari — Rossiya Prezidentining Uzoq Sharqdagi muxtor vakili etib tayinlandi.

Anton Siluanov esa moliya vaziri lavozimini saqlab qolgan holda, Bosh vazir o‘rinbosari etib tayinlandi.

Kiritildi: Bugun 15:43. O'qildi: 915 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!