Bugun 16 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Tillami, mayizmi?

Tillami, mayizmi?

Namangan xalqaro aeroportida bojxona xodimlari Davlat xavfsizligi xizmati Aviasiya xavfsizligini ta’minlash xodimlari hamda Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari bilan hamkorlikda Dehliga uchib ketayotgan yo‘lovchilardan birining qing‘ir qilmishini fosh etishdi.

Bojxona ko‘rigi davomida ushbu shaxsning yuklari orasidagi mayiz va yong‘oq mag‘izlari aralashmasi ichiga tilla quymalar yashirilgani ma’lum bo‘ldi. Mazkur yarim tayyor zargarlik buyumlari hamda 4 dona qo‘lbola tilla quymaning jami og‘irligi 90,45 grammni tashkil qildi. Qiymati esa 108 million so‘mdan oshdi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Amaldagi tartiblarga ko‘ra, jismoniy shaxslar 65 grammgacha og‘irlikdagi tayyor zargarlik buyumlarini olib chiqishlari mumkin.

Unutmang, qimmatbaho metall va zargarlik buyumlarini bojxona nazoratidan yashirgan holda olib o‘tishga urinish qonunchilikda belgilangan javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Kiritildi: 12:10 10.11.2026. O'qildi: 898 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik