The New York Times xabar berishicha, Moskva Ukrainadagi urushni tartibga solish bo‘yicha muzokaralarda NATOga qator talablar qo‘ygan.
Ular orasida Markaziy Osiyo va boshqa hududlarda harbiy faoliyatdan voz kechish, NATO kengayishini to‘xtatish, qo‘shin va bazalarni 1997 yildagi pozisiyalariga qaytarish hamda Ukrainaga G‘arb qurollari yetkazib berishni to‘xtatish bor.
Shuningdek, Rossiya Ukrainaga YEIga a’zo bo‘lishga ruxsat berishga tayyor, ammo Kiyevning umumiy mudofaa siyosatida ishtirok etmasligini talab qilmoqda.
Moskva Buyuk Britaniya va Fransiyaning boshqa Yevropa davlatlarini himoya qilish uchun yadro qurolidan foydalanish imkoniyatini ham istisno etishni so‘ragan.