Shuningdek, Germaniyadagi Landshtul tibbiyot markaziga 150 dan ortiq harbiy tibbiyot xodimi yetib kelgan. Bu markaz Yaqin Sharqda yaralangan amerikalik harbiylar davolanadigan asosiy muassasa hisoblanadi. Hududdagi aviabazalarga qiruvchi samolyotlar joylashtirilgan, AQSh va Buyuk Britaniyadagi strategik bombardimonchilar esa yuqori jangovar shaylik holatiga o‘tkazilgan.
Nashrning ta’kidlashicha, bu harakatlar AQSh prezidenti Donald Tramp Eronga qarshi harbiy operasiyalarni kengaytirish imkoniyatini ko‘rib chiqayotganini anglatishi mumkin. Shu bilan birga, gazeta to‘liq ko‘lamli urush AQSh uchun o‘q-dorilar zaxirasining qisqarishi va jahon neft bozorida yangi beqarorliklarni keltirib chiqarishi mumkinligini qayd etgan.