O‘zbekistonda 2026–2027 o‘quv yilidan boshlab texnikumlarda stipendiya to‘lash amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.
Prezident farmoniga muvofiq, 7 ta hududda ilg‘or kasbiy mahorat texnikumlarida “Kasblar shaharchalari” tashkil etiladi. Ular orqali maktab o‘quvchilari zamonaviy va talab yuqori bo‘lgan kasblarga yo‘naltiriladi.
Shuningdek, hududlarda 24 ta malakani baholash markazi ochilib, mehnat bozorida tan olinadigan sertifikatlar berish tizimi joriy etiladi.