Bugun 9 avgust, 2026 yil, yakshanba

КИР

Tehron mintaqadagi infratuzilma ob’ektlariga zarba berish bilan tahdid qildi

Tehron mintaqadagi infratuzilma ob’ektlariga zarba berish bilan tahdid qildi

Tehronda AQSh prezidenti Donald Trampning tahdidlariga javob sifatida mintaqadagi infratuzilma ob’ektlari va ko‘priklarga zarba berilishi mumkinligi ma’lum qilindi.

Eronning yuqori lavozimli rasmiysiga ko‘ra, agar AQSh Eronning ko‘priklari yoki energetika ob’ektlariga hujum qilsa, Tehron ham mintaqadagi infratuzilma va ko‘priklarga, jumladan, Vashington manfaatdor bo‘lgan energetika ob’ektlariga zarba beradi.

Avvalroq Donald Tramp Eron Hormuz bo‘g‘ozidagi kemalarga har bir hujum uyushtirgan taqdirda, AQSh javob tariqasida bittadan ko‘prik yoki elektr stansiyasini yo‘q qilishini ma’lum qilgan edi.

Eronning Tasnim agentligiga suhbat bergan manbaning ta’kidlashicha, so‘nggi o‘n kun ichida AQSh Eron zarur deb hisoblagan nuqtalarga zarba berish imkoniyatiga ega ekaniga ishonch hosil qilgan bo‘lishi kerak.

Rasmiy, shuningdek, Tramp tomonidan bunday harakatlar amalga oshirilsa, bu uning «yana bir bor sharmanda bo‘lishiga» olib kelishini aytdi.

Bundan tashqari, Eron vakili Tehron Hormuz bo‘g‘ozida o‘z suveren huquqlarini amalga oshirish niyatida ekanini va uni nazorat qilish borasidagi «qat’iy irodasi»dan voz kechmasligini bildirdi.

Kiritildi: 22:42 22.07.2026. O'qildi: 1668 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!