Bugun mamlakatga yopirilgan "Chang-Hom" to‘foni tufayli Yaponiyaning Katta Tokio hududida 26 300 dan ortiq xonadon elektrsiz qoldi.
Bu haqda Yaponiya Milliy jamoatchilik teleradioeshittirishi xabar berdi.
Xabarlarga ko‘ra, shamolning tezligi sekundiga 35 metrga yetgan. Tayfun ta’sir ko‘rsatgan hududlarda uch kishi jarohat olgan va infratuzilmaga zarar yetkazilgan.
Tayfun mamlakatning asosiy oroli Xonsyuning shimoli-sharqida transportni to‘xtatdi. Tokioning Xaneda va Narita aeroportlarida hamda Sendai shahri aeroportida 100 dan ortiq ichki va xalqaro reyslar bekor qilindi.