Bugun 22 sentyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Tailand rasman O‘zbekiston fuqarolari uchun vizasiz rejimni bekor qildi

Tailand rasman O‘zbekiston fuqarolari uchun vizasiz rejimni bekor qildi
15 sentyabrdan O‘zbekiston fuqarolari Tailandga borish uchun oldindan viza olishi kerak bo‘ladi. Yangi tartib Tailand hukumati tomonidan rasman tasdiqlandi va 15 sentyabrdan kuchga kiradi. Endi safardan oldin Thai e-Visa tizimi orqali onlayn ariza topshirish talab etiladi. Viza narxi — 40 dollar. Ariza onlayn to‘ldiriladi, zarur hujjatlar yuklanadi va viza tasdig‘i elektron pochta orqali yuboriladi. Shu tariqa, so‘nggi yillarda o‘zbekistonliklar orasida eng ommabop sayyohlik yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan Tailandga vizasiz safar qilish imkoniyati tugaydi.
Kiritildi: 15:05 02.09.2026. O'qildi: 1547 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!