Bugun 9 avgust, 2026 yil, yakshanba

КИР

Suriyada avtobusda sodir bo‘lgan portlash oqibatida to‘rt kishi halok bo‘ldi (video)

Suriyada avtobusda sodir bo‘lgan portlash oqibatida to‘rt kishi halok bo‘ldi (video)

Damashq chekkasida joylashgan Suriyaning Jaramana shahrida mikroavtobusda qo‘lbola portlovchi moslama portlashi oqibatida to‘rt kishi halok bo‘ldi.

Bu haqda Suriya tez tibbiy yordam xizmati rahbari Usama al-Husaynga tayanib, Syria TV xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, yana 14 kishi, jumladan, ayollar va bolalar jarohat olgan. Jabrlanganlar bir nechta xususiy kasalxonalarda davolangan.

Portlash Al-Ravda chorrahasining asosiy ko‘chasida, gavjum savdo tumanida sodir bo‘lgan. Favqulodda xizmatlar voqea joyida ishlamoqda.

Hujumni sodir etganlar hali aniqlanmagan.

Kiritildi: 11:30 07.08.2026. O'qildi: 1214 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!