Bugun 9 avgust, 2026 yil, yakshanba

КИР

Suriya «Hizbulloh» uchun mo‘ljallangan qurol-yarog‘ partiyasi ushlanganini ma’lum qildi

Suriya «Hizbulloh» uchun mo‘ljallangan qurol-yarog‘ partiyasi ushlanganini ma’lum qildi

Suriya–Iroq chegarasida neft tashiyotgan yuk mashinasidan raketa va dronlar topildi.

Suriya hukumati Suriya–Iroq chegarasida Livandagi «Hizbulloh» guruhi uchun mo‘ljallangan qurol-yarog‘ni noqonuniy olib o‘tishga urinishning oldi olinganini ma’lum qildi.

Suriya Ichki ishlar vazirligiga ko‘ra, neft tashiyotgan yuk mashinasi ko‘zdan kechirilganda uzoq masofaga mo‘ljallangan va tankka qarshi raketalar, shuningdek, uchuvchisiz uchish apparatlari aniqlangan.

Damashqning ta’kidlashicha, ushbu qurollar keyinchalik «Hizbulloh» guruhiga yetkazib berilishi rejalashtirilgan.

«Hizbulloh» esa bu ayblovlarni rad etib, ularni «hech qanday haqiqiy asosga ega bo‘lmagan to‘qima hikoyalar» deb atadi.

Hodisadan so‘ng Iroq bosh vaziri Ali az-Zaydiy maxsus tergov komissiyasi tuzish bo‘yicha topshiriq berdi. Bag‘dod, shuningdek, mazkur ish yuzasidan Suriya hukumati bilan hamkorlikda tergov olib borishga tayyorligini bildirdi.

Kiritildi: 19:21 17.07.2026. O'qildi: 620 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!