Bugun 25 oktyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Shavkat Mirziyoyevni Serbiya saroyida tantanali kutib olishdi

Shavkat Mirziyoyevni Serbiya saroyida tantanali kutib olishdi

Belgraddagi Serbiya saroyida rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘lib turgan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Davlat rahbarini Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich kutib oldi.

Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Harbiy orkestr ijrosida O‘zbekiston va Serbiya davlat madhiyalari yangradi. Shuningdek, artilleriya to‘plaridan o‘n marta o‘q uzilib, tantanali salyut berildi.

Shundan so‘ng Shavkat Mirziyoyev va Aleksandr Vuchich faxriy qorovul safi oldidan o‘tib, ikki mamlakat rasmiy delegasiyalari a’zolarini qutladilar.

Birgalikda suratga tushish marosimidan keyin oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.

Kiritildi: 16:09 08.09.2026. O'qildi: 1039 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!