Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahri Sergeli tumanidagi 300-maktabda sinflar soni va o‘quvchilar soni tig‘izligi aks etgan jadval tarqaldi.
Jadvalga ko‘ra, maktabda 3- va 5-sinflarda 22 tadan parallel sinf mavjud. 1-sinflarda 19 ta, 2-sinflarda 20 ta, 4-sinflarda 21 ta parallel sinf tashkil etilgan.
Shuningdek, Toshkentdagi ayrim boshqa maktablarda ham bir sinfda o‘quvchilar soni 38 nafargacha yetayotgani haqida ma’lumotlar mavjud.