“Samarqand viloyatidagi oliy ta’lim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga asosan:
Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti negizida Samarqand davlat texnika universiteti tashkil etiladi;
Samarqand davlat universitetiga Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali qo‘shib olinadi;
Samarqand davlat pedagogika institutiga Samarqand davlat universiteti Urgut filiali qo‘shib olinadi hamda mazkur filial bazasida Samarqand davlat pedagogika institutining Urgut fakulteti faoliyati yo‘lga qo‘yiladi;
Samarqand iqtisodiyot va servis institutiga Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filialini qo‘shib olinadi.
2026/27 o‘quv yilidan mazkur qarorda ko‘zda tutilgan OTMlarning professor-o‘qituvchilari va doktorantlari xorijiy davlatlarning yetakchi oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlariga malaka oshirish va ilmiy stajirovkaga yuboriladi.
2027/28 o‘quv yilidan Samarqand davlat texnika universitetida Intellektual suv texnologiyalari ilg‘or muhandislik maktabi tashkil etiladi.