Bugun 26 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Samarqandda 8-sinf o‘quvchisi otasining mashinasini so‘roqsiz "So‘nggi qo‘ng‘iroq" tadbiriga olib chiqdi va YPX talabiga bo‘ysunmadi

Samarqandda 8-sinf o‘quvchisi otasining mashinasini so‘roqsiz "So‘nggi qo‘ng‘iroq" tadbiriga olib chiqdi va YPX talabiga bo‘ysunmadi

Samarqand shahrida joylashgan 37-maktabning 8-sinf o‘quvchisi “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbiriga borish maqsadida otasiga tegishli avtomobilni ruxsatisiz haydab ketdi. Bu haqda shahar YPX xizmati ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, voyaga yetmagan o‘quvchi YPX xodimlarining qonuniy talabiga bo‘ysunmasdan to‘xtamay qochishga uringan. Qolaversa, u mashinadagi davlat raqam belgisini tushirib qoldirib, yo‘lini davom ettirgan.

YPX va hududiy IIB xodimlari tomonidan tez fursatda transport vositasi to‘xtatilib, bola hamda uning otasi bilan tegishli choralar ko‘rildi.

Kiritildi: 16:42 24.05.2025. O'qildi: 520 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!