Bugun 22 oktyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Samarqand va Xorazmda jami 5,5 kg “opiy” moddasi musodara qilindi

Samarqand va Xorazmda jami 5,5 kg “opiy” moddasi musodara qilindi

1.Davlat xavfsizlik xizmatining Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyat Bojxona va Ichki ishlar boshqarmalari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda mamlakatimizga kontrabanda yo‘li bilan olib kelingan katta miqdordagi giyohvandlik vositasi musodara qilindi.

Xususan, olingan tezkor ma’lumot asosida Urgut tumanida istiqomat qiluvchi, 1973 y.t. fuqaroning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.

Natijada, u hovlisiga sof og‘irligi 4 kg 988 gr bo‘lgan “opiy” moddasini ko‘mib qo‘yganligi aniqlanib, ushbu ta’qiqlangan modda ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olindi.

2.Davlat xavfsizlik xizmatining Xorazm viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda viloyat Bojxona va Ichki ishlar boshqarmalari xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda qo‘shni davlatdan olib kelingan giyohvandlik vositasi fosh etildi.

Jumladan, “Surxondaryo – Xorazm” yo‘nalishida “Kobalt” rusumli avtomashinada harakatlanayotgan, tezkor xodimlar tomonidan oldindan kuzatuvga olingan Termiz shahrida yashovchi, 1989 y.t. 2 nafar fuqaro “Sarimoy” blok-postida to‘xtatildi.

Ularga tegishli uyali aloqa vositalari ko‘zdan kechirilganda A-380 xalqaro avtomobil yo‘lining Buxoro viloyati Romitan tumani hududidan o‘tuvchi qismida giyohvandlik vositasi yashirilganligi ma’lum bo‘ldi va ushbu lokasiyadan 539 gr “opiy” moddasi olindi.

Aniqlanishicha, qonunbuzarlar uni Xorazm viloyatida sotishni rejalashtirishgan.

Hozirda har ikki holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 246 va 273-moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 08:40 21.10.2026. O'qildi: 515 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!